SAARINEN

SAARINEN (Saarinen) Eliyel (1873.20.8, Rantasalmi, Finlyandiya — 1950.30.6, BlumfildXils, AQSH) — fin meʼmori. Gelsingfors (Xelsinki) da oʻqigan (1893—97); un-tda rassomlik, Politexnika in-tida meʼmorlikni oʻrgangan. Fin meʼmorligida «milliy romantizm» uslubining asoschisi (Xelsinkidagi Milliy muzey, 1906—09; Laxtidagi ratusha, 1912), 1923-y. dan AQSHda ishlagan (oʻgʻli Ero Saarinen b-n). Asosiy loyihalari: Parijdagi Xalqaro koʻrgazma pavilyoni (1900, hamkorlikda), maktab, muzey va BlumfildXilsdagi BA (1926 — 43), Uorren (Michigan shtati) dagi «Jeneral motore» kompaniyasi texnik markazining loyihasi (1948—56) va b.