SYUNYAYEV Rashid Aliyevich

SYUNYAYEV Rashid Aliyevich (1943.1.3, Toshkent) — kosmolog va astrofizik olim. Rossiya FA akad. (1992), texnika fanlari d-ri (1973), prof. (1985). Rentgen astronomiyasining asoschilaridan biri. Kosmik rasadxonalar («Rentgen», «Kvant», «Mir», «Granat») ilmiy rahbari. Moskva fizikatexnika intini tugatgan (1966). Moskvadagi Kosmik tadqiqotlar in-ti boʻlim mudiri (1974-y. dan). 1990y. lardan Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Astrofizika inti direktori. Ilmiy ishlari neytron yulduzlar fizikasi, «qora oʻra» atrof muhitining tuzilishi, galaktikalar toʻdalari fizikasiga, ularning rentgen nurlanishining kompakt kosmik manbalari nazariyasiga, modda va nurlanishlarning ekstremal sharoitlarda oʻzaro taʼsiriga oid.