SENDBERG

SENDBERG (Sandburg) Karl (1878. 6.1, Geylsberg, Illinoys shtati — 1967.22.7, FletRok, Shim. Karolina shtati) — amerikalik shoir, folklorchi. Dastlabki toʻplami — «Chikago haqida sheʼrlar» (1916). «Gʻalla yanchuvchilar» (1918), «Tutun va poʻlat» (1920) va b. toʻplamlarida jiddiy ijtimoiy muammolar koʻtarilgan. Sendberg sheʼriyati uchun urbanizmga xos obrazlilik, tilining «gazetabopligi», folklor qoʻshiqdariga yaqin boʻlgan erkin sheʼr yaratish maxrrati xarakterlidir («Amerikacha qoʻshiqlar toʻplami», 1927). U. Uitmen anʼanalarida yozilgan «Xalqmi ha!» dostoni yozuvchining 20-a. 30y. laridagi keskin ruhiy holatini ifodalaydi. Keyinchalik uning ijodida falsafiy lirika ustunlik qila boshlaydi («Asal va tuz», 1963). «Xotiralar qoyasi» (1948) tarixiy romani hamda «Avraam Linkoln» tarjimayi holi (1—6j. lar, 1926—39) mashhur.