SYUDAD-XUARES

SYUDAD-XUARES — Meksikaning shim. qismidagi shahar, RioBravodelNorte daryosi boʻyida, AQSHning ElPaso sh. qarshisida joylashgan. Chiuaua shtatida. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Metallsozlik, paxta tozalash, koʻnpoyabzal, oziqovqat va b. sanoat korxonalari, un-t bor. Kx. (paxta, chorvachilik) r-nining savdo markazi. Shaharga 1659-y. da ElPasodelNorte nomi bilan asos solingan. 1888-y. dan shahar maqomi berilgan va hoz. nomi bilan ataladi. Turizm rivojlangan.