SUYUQLANISH

SUYUQLANISH — moddaning qattiq kristall holatdan suyuq holatga utishi; issiklik yutilishi bilan kechadigan jarayon. Suyukdanayotgan moddaning tarkibi oʻzgarmasa kongurent S, oʻzgarsa inkongurent Suyuqlanish deyiladi. Suyuqlanish jarayonida moddaning tartibli kristall tuzilishi buziladi, kristallar yuzasida va kristallitlarning oʻzaro chegaralari yaqinida suyuq mikrotomchilar paydo boʻladi. Qizdirilgan sayin bu mikrotomchilar yiriklashadi va birbiriga quyilib, suyuq faza boʻlib shakllanadi, kristallar esa fragmentlar shakliga oʻtib to toʻliq yoʻqolgunga qadar oʻlchamlari kichiklashadi. Mayda kristall polidispers moddalarning suyuq holatga oʻtishi oʻzgarmas trada emas, balki maʼlum tralar oraligʻida amalga oshadi; eng mayda kristallarning Suyuqlanish t-rasidan boshlanadi va eng yirik kristallarning S t-rasida tugaydi. Kdttiq eritmalar xam oʻnlab tra oraligʻida suyuladi. Bu tra oraligʻi holat diagrammasiga mos ravishda eritmalar tarkibiga bogʻliq.

Anorganik holat moddalar 275° dan (geliy 4Ne) 3380° gacha (volfram W) tra oraligʻida suyuqlanadi. Suyuqlanish t-rasi eng yuqori boʻlgan birikmalarga gafniy nitrid HfN (3300°), sirkoniy karbid ZrC (3887°), tantal karbid TaS (3985°) va gafniy karbid HfC (3890°) kiradi. Organik moddalar 350—850° da suyuklanadi. Suyuqlanish tabiatda (Yer yuzasida muz va krrning erishi, minerallarning magmalar hosil qilib Si va b.), fan va texnika, quyish, kavsharlash, sof moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.