SUXARTO

SUXARTO (Suharto) (1921.8.6, Kemusu, Jokyakarta yaqinida) — Indoneziya davlat arbobi, general. Indoneziya xalqining Gollandiya mustamlakachilariga qarshi qurolli kurashida qatnashgan (1945—49); Indoneziyaga tegishli Gʻarbiy Irianni ozod etish uchun tuzilgan qoʻshinlarga boshchilik qilgan (1962—63). Suxarto zaxiradagi strategik piyoda qoʻshinlar qoʻmondoni (1963—65), keyinchalik hokimiyatni harbiy guruhlar boshqargan paytda piyoda qoʻshinlar vaziri (1965-y. 30 sent.). 1966-y. martdan hokimiyat tepasida. Suxarto davrida utkazilgan iqtisodiy islohotlar tufayli Indoneziya ijtimoiyiqtisodiy qoloklikdan chiqqan. Suxarto «oilani rejalashtirish», yaʼni tugʻilishni cheklash haqidagi dasturga imzo chekkan (1990-y. 2 iyun). 1997-y. da Osiyo bozorlaridagi moliyaviyiqtisodiy inqiroz Indoneziyaga katta zarar yetkazgan, mamlakatda siyosiy tanazzul yuz bergan (1998-y. may). S. isteʼfoga chiqishga majbur boʻlgan.