SUTRALAR

SUTRALAR (sanskritcha — ip) — qad. hind adabiyotida falsafa, din, axloq, siyosat, huquq, grammatika va b. boʻyicha yozilgan, pandnasihat, ibrat tarzidagi parchalar, qisqa risolalar. Dastlabki Sutralar mil. av. 1ming yillik oʻrtalarida paydo boʻlgan. Falsafaga oid Sutralar mil. 5-a. da, huquqqa bagʻishlanganlari esa mil. 1—3-a. larda vujudga kelgan. Sutralar tili obrazliligi va gʻikmatli soʻzlarga boyligi bilan ajralib turadi. Hind adabiyotining mashhur yodgorligi «Artxashastra» («Amaliy turmush ilmi») ham Sutralar tilida yozilgan.