SURXON

SURXON 142 — serhosil pomidor navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik in-tining Surxondaryo tayanch punktida navlararo chatishtirish usuli bilan yaratilgan (M. X. Aromov, V. F. Pivovarov, L. Joʻrayeva, N. P. Cheremushkina; 1991). Poyasi baquvvat, kam shoxlangan, bal. 100—155 sm, serbarg, barg tuzilishi kartoshka bargiga oʻxshash. Mevasi yirik (120—130 g), yumaloq, yassiyumaloq, tekis, qizil. Tarkibida 5,8% quruq modda bor. Koʻchati urugʻdan unib chiqqanidan hosil pishishiga qadar vegetatsiya davri 110 — 115 kun. Asosan, parniklarda yetishtirilgan va pikirovka qilib oʻstirilgan koʻchatlari dalaga 10—25 apr. da ekiladi (oʻrtagi va kechki muddatlarda 1iyulgacha ekish mumkin). Gullaganidan keyin hosili 50—55 kunda pishadi. Hosildorligi 450—500 s/ ga. 1994-y. da Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlari uchun r-nlashtirilgan.