SULAYMONIYA MASJIDI

SULAYMONIYA MASJIDI — Istanbuldagi meʼmoriy yodgorlik (1550 — 57). Meʼmori Xoʻja Sinon. S. m. ulkan gumbazli xonaqoh (tarhi 69 x 63 m, bal, 47,75 m, gumbazining diametri 26,5 m), 4 tomonida nayzasimon minora hamda yon tomonlarida pastak ravoqpi galereyalari joylashgan. 1 ta katta va 2 chetida 2 kichik ravoqdi galereyalar xonaqoh bilan bogʻlanadi. Xonaqohning old tomonida atrofi gumbazli ravoq (galereya koʻrinishida)lar bilan oʻralgan hovli joylashgan. Hovli va galereyalar oq marmar bilan qoplangan. Xonaqohga hovli orqali oʻtiladi. Xonaqoh interyeri oʻziga xos hashamdor. Gumbazi va devordagi 4 ravoq mustahkam ustunlarga tayangan. Mexrobi zarhal muqarnaslar bilan bezatilgan. Imperator va muazzin minbari marmardan ishlangan. Devor va poygumbazlaridagi ravokli derazalarga oʻrnatilgan rangli oynalardan tushgan yorugʻlik xonaqohni yanada jozibali koʻrsatadi. 1914-y. dan muzey. Gilamchilik, haykaltaroshlik, yogʻoch, metall va sopol buyumlari, miniatyuralar saqlanadi.