SUBA

SUBA — bir necha sarkorlik (rn) dan iborat viloyat. Bir sarkorlik bir necha parganlardan tashkil topgan. Hindistonda boburiylar hukmronligi davrida viloyatlar Suba deb, uning hokimi esa subador deb atalgan. Hindistonning butun hududi 15 Subaga — Shoh Jahonobod, Akbarobod, Ajmir, Ahmadobod, Aud, Allohobod, Bangala, Bihar, Kashmir, Dekan, Avrangobod, Malva, Moʻlton, Kobul, Taxtaga taqsimlangan.