STOL TEPA

STOL TEPA (lot. Mensa) — osmonning Jan. qutbi yaqinidagi kichik yulduz turkumi. Stol tepa Oltin Baliq, Janubiy Gidra, Oktant, Xameleon va Uchar Baliq yulduz turkumlari orasida joylashgan; ravshan yulduzlari yoʻq. Oʻzbekistonda koʻrinmaydi.