STOKGOLM UNIVERSITETI

STOKGOLM UNIVERSITETI — Shvetsiyadagi eng yirik un-t. 1877-y. tashkil etilgan. 1960-y. dan un-t maqomiga ega. Huquqshunoslik, tarix, falsafa, lingvistika, ijtimoiy fanlar, fizika, mat., kimyo, biol., geof. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 26 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 700 mingdan ortiq asar saqlanadi.