STEFENSON

STEFENSON, Stivenson (Stephenson) Jorj (1781.9.6, Uaylem, Nortamberlend — 1848.12.8, TeptonXaus, Chesterfidd) — ingliz konstruktori va ixtirochisi. Parovozlar qurish bilan shugʻullangan. 1814-y. yordamchilari R. Trevitik va J. Stila bilan birinchi parovoz «Blyuxer»ni yaratdi, 1829-y. mukammalroq «Raketa» parovozini yasadi. 1823-y. Angliya (Nyukasl) da birinchi parovozsozlik z-diga asos soldi. U birinchi t. y. liniyasi (StoktonDarlington) qurilishiga boshchilik qildi. Dunyoda birinchi boʻlib t. y. texnikasiga doir masalalar: t. y. koʻpriklari va b. sunʼiy inshootlar qurish, tosh tayanchlar ustiga temir relslar oʻrnatish va b. masalalarni hal qilgan.