STARTER

STARTER (ing. starter — ishga tushirish) — 1) ichki yonuv dvigatelinp yurgizib yuborish uchun moʻljallangan moslama yoki agregat. Energiya manbaiga koʻra, elektr, pnevmatik, gidravlik va b., ish prinsipiga qarab, inersion, toʻgʻri ishlaydigan va kombinatsion Starter larga, ishlatish vositasiga qarab, elektr turbinali, pnevmatik, gidravlik va benzinli Starter larga boʻlinadi. Avtotraktor dvigatellari elektr Starter bilan, samolyot dvigatellari esa pnevmatik, elektr Starter bilan yurgizib yuboriladi. Inersion Starterda maxovik aylantirilib, bunda toʻplangan energiya asosiy dvigatel valini (S. valining asosiy dvigatel valiga tishlashtirish yoʻli bilan) buradi. Toʻgʻri ishlaydigan Starter asosiy dvigatel valini bevosita aylantiradi. Elektr Starter (rayemga q.) elektr dvigatel, reduktor, dvigatelning asosiy vali bilan tishlashadigan va ajratadigan moslamadan iborat; aylanish tezligi katta (13000 aylGʻmin gacha) boʻladi. Turbinali Starterda turbinadan dvigatel sifatida foydalaniladi; quvvati 110—300 kVt (150—400 o. k.)ga teng. Gidravlik va pnevmatik S, odatda, nasos yoki kompressorlardan iborat;

2) yorugʻlik texnikasida lyuminessent lampalarni yondiradigan qurilma.