SORBIT

SORBIT (ingliz olimi G. K. Sorbi nomidan) , metallshunoslikda — poʻlat va choʻyan strukturasini tashkil etuvchilardan biri; sementit va ferrit aralashmasi. Sovitilganda yuz beradigan diffuzion oʻzgarishlar natijasida austenitlsh hosil boʻladi. Sorbitning mikrostrukturasi plastinkasimon (normallash, yaʼni sorbitlash natijasida hosil qilinadi) yoki donador (termik yaxshilash natijasida hosil qilinadi) boʻladi. Sorbit strukturali poʻlatning plastikligi va zarbiy qovushoqligi yuqori, juda mustahkam, shuning uchun mashinalarning koʻpgina detallari, relyelar, bandajlar va b. sorbitlanadi.