SOLENOID

SOLENOID (yun. solen naycha va eidos — koʻrinish) — spiral koʻrinishida oʻralgan va oʻzidan elektr toki oʻtkazayotgan izolyatsiyalangan oʻtkazgich. Agar Solenoidning uzunligi oʻramlar diametridan juda katta boʻlsa, cheksiz uzun S. hisoblanadi. Cheksiz uzun Solenoid maydonining magnit induksiya V si Solenoid tashqarisida nolga teng va ichida bir jinsli boʻlib, u quyidagi formula bilan ifodalanadi: V=sp«/, bunda i. (| — magnit doimiysi, p — S. ning oʻramlar soni, / — S. dagi tok kuchi. S, odatda, kichik faol qarshilikka va elektr sigʻimiga hamda yetarli darajada katta induktivlikka ega boʻladi. Ichida temir oʻzak boʻlgan Solenoid elektromagnit vazifasini bajaradi.

Solenoid radiotexnika, elektrotexnika va xususan, oʻlchov asboblarida keng koʻlamda ishlatiladi.