SOY

SOY — 1) tabiiy oʻzanda doimiy va mavsumiy oqadigan kichik daryo, ariq, vodiy, irmoq;

2) oqar suvlar faoliyati natijasida yoki tektonik harakat oqibatida hosil boʻlgan kambar, uzun relyef shakli. Soyda suv oqishi ham, oqmasligi ham mumkin.