SODIQOV

SODIQOV Tolibjon (1907.12.3 Toshkent — 1957.5.9) — kompozitor, dirijyor va jamoat arbobi. Oʻzbekiston xalq artisti (1939). Samarkdnddagi Oʻzbek musiqa va xoreografiya in-ti (1928—32), Moskva konse^vatoriyasining Oʻzbek opera studiyasi (1939 — 41)da taglim olgan. Oʻzbek davlat drama teatrining musika (eahbari (193032), Oʻzbek davlat musikali teatri (1938—39) va Navoiy teatri (1941—54) ning bosh dirijyori, Oʻzbekiston kompozitorlari uyushmasining birinchi raisi (1939—48). Oʻzbekiston radiokoʻmitasi badiiy raxbari (1951—54). Kompozitorlik faoliyatini 1930-y. da «Bogbon qiz» (S. Abdulla pyesasi)ga musika yaratishdan boshlagan. «Layli va Majnun» (N. Mironov bilan hamkorlikda, 1933), «Davron ota» (A. Kozlovskiy b-n, 1941) va b. musiqali dramalari, R. Glier bilan hamkorlikda yaratgan «Layli va Majnun» (1940), «Gulsara» (1949) operalari bilan oʻzbek musikali teatri rivojiga katta hissa qushgan. Sodiqov Zeydman bilan xamkorlikda boshlagan soʻnggi operasi — «Zaynab va Omon»ni Yu. Rajabiy, D. Zokirovlar nihoyasiga yetkazishgan. Shuningdek, u «Alisher Navoiy» (R. Glier b-n), «Kinokonsert» (B. Brovsin b-n) filmlariga yozilgan musikalar, simfonik, xor va b. asarlar muallifi. Uning oʻzbekona va umumsharqiy ohanglardagi «Bahor», «Sarvi gul», «Bulbul», «Alla», «XUR Vatan», «Jonon koʻrinur» kabi qoʻshiq va romanslari ommaviylashgan. Toshkentdagi 1bolalar musiqa maktabi, xalq filarmoniyasi va koʻchaga Sodiqov nomi berilgan. Sodiqov nomidagi Xalqaro musiqiy xayriya jamgarmasi tashkil etilgan (1998). Davlat mukofoti laureati (1951). «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2003).