SMOLA

SMOLA (rus.) — yuqori molekulali organik birikma. Amorflilik, isitilganda astasekin yumshashi, eritilganda yopishqoq xrlga kelishi, organik erituvchilarda eriganda parda hosil qilishi va suvda erimasligi koʻpchilik Smola larning tavsifli xossalaridandir. Smola tabiiy va sintetik Smolaga boʻlinadi. Kanifol, dammara, kopal, sandarak, kahrabo va bitumlar tabiiy Smolaga kiradi. Ilgari tabiiy Smola lok, yelim, qogʻoz, grammofon plastinkalari va b. i. ch. da keng qoʻllangan. Hoz. zamonaviy sanoatda tabiiy Smola oʻrnini istiqbollisintetik Smola egallamoqda. Fenolformaldegid, polivinilxlorid, karbolid, melaminformaldegid, poliamid va b. S. sintetik S. ga taalluqlidir. Sintetik S. plastmassa, lok, yelim, sintetik tola, plyonka, elektr izolyatsiya materiallari, organik shisha va b. olishda ishlatiladi.