SLOVASKIY

SLOVASKIY (Slowacki) Yuliush (1809.4.9, Kremenes, Ternopol viloyati yaqinida — 1849.9.4, Parij; 1927-y. da uning xoki Krakovga koʻchirilgan) — polyak shoiri. Vilnyus un-tini tugatgan (1828). Dastlabki dostonlari («Gugo», 1829; «Yan Beleskiy», 1830 va b.) romantik ruxda. 1831-y. dan muhojirlikda yashagan. Yaqin Sharq mamlakatlariga safari taassurotida «Neapoldan muqaddas joylarga sayohat» (tugallanmagan, 1836— 39)ini yozgan. «Angelli» (1838), «Shveysariyada» (1839) kabi poetik asarlarida xalq qudrati va kelajagiga ishonchi ifodalangan. Slovaskiy polyak romantik teatri repertuarini yaratgan («Kordian», 1834; «Gorshtinskiy», 1835; «Xayolot», 1841 vab.). «Benyovskiy» dostoni (tugallanmagan, 1841) koʻp yillik ijodiy izlanishlarining choʻqqisidir. Slovaskiyning falsafiytarixiy karashlari uning tugallanmay qolgan «QirolRuh» epopeyasida birmuncha aks etgan.