SLOVAK TILI

SLOVAK TILI — hindevropa tillari oilasiga mansub slavyan tillarining gʻarbiy guruhidagi til; Slovakiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan Slovakiyada, qisman AQSH, Chexiya, Vengriya, Serbiya, Kanada, Polsha va Ruminiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 5,6 mln. kishidan ortiqroq. Lahjalari 3 guruhga boʻlinadi: oʻrta slovak, gʻarbiy slovak va sharkiy slovak. Oʻrta slovak laxjasi adabiy Slovak tiliga asos boʻlgan. Slovak tili yaqin qarindosh tillardan chex tiliga yaqin turadi, koʻplab grammatik va leksik umumiyliklarga ega, lekin fonetik jihatdan oʻziga xos choʻziq unlilar va diftonglarning qoʻllanishi b-n fark,lanadi. Slovak tili lotin grafikasi asosida unga qoʻshimcha diakritik belgilar qoʻshish bilan yaratilgan yozuvga ega. Slovakiyada 18-a. gacha rasman chex tili qoʻllangan. St. dagi dastlabki matnlar 16-a. oxirlarida, dastlabki kitoblar esa 18-a. oxirlarida paydo boʻlgan.