SKOPYE

SKOPYE, Skople — Makedoniya poytaxti, Vardar daryosi boʻyida. Aholisi 444,2 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Mamlakatning sanoat markazi, transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning 1/2 qismi Skopyega toʻgʻri keladi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo (plastmassa, sintetik tola, mineral oʻgʻitlar), farmatsevtika, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat (tamaki, mevasabzavot konservasi), yogʻochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Gilam toʻqiladi. Skopye — Makedoniya madaniyati markazi: Makedoniya fanlar va sanʼat akademiyasi, un-t, badiiy galereya, arxeologiya va etnografiya muzeylari, teatr bor. Shaharga 6-a. da antik Skupi sh. yaqinida asos solingan. 9 — 10-a. larda Skopyeda 1bolgar qirolligi, 13-a. oxiridan Serb davlati hukmronlik qilgan. Shahar . 1392—1912-y. larda turklar qoʻl ostida boʻlgan. 1913-y. da Serbiya Qirolligi, 1918-y. dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-y. dan Yugoslaviya) tarkibida. 2-jahon urushi davrida nemis fashistlari bosib olgan. 1963-y. dan Yugoslaviya tarkibidagi Makedoniya, 1991-y. dan mustaqil Makedoniya Respublikasi poytaxti.