SIROJIDDINOV Saʼdi Hasanovich (1920.10.5, Qoʻqon 1988.29.4, Toshkent) — matematik olim va jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), fizikamat. fanlari d-ri (1953), prof. (1956). Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1942). Moskva un-tida katta ilmiy xodim (1953—56). Oʻrta Osiyo un-tida prof. (1956-y. dan). 1958-y. dan. kafedra mudiri. Oʻzbekiston FA matematika in-ti direktori (1957 —67), ToshDU rektori (1966—70; 1983—87), Oʻzbekiston FA vitseprezidenti (1970 — 1983). Ilmiy ishlari koʻp oʻzgaruvchili klassik koʻphadlarning muhim xossalariga bagʻishlangan. Sirojiddinovning Markov zanjirlari uchun limit teoremalarni umumlashtirish va asimptotik yoyilmalar sohasidagi tadqiqotlari 50y. larda Toshkent mat. maktabining yanada yuksalishiga olib keldi.
Sirojiddinov ehtimollar nazariyasi sohasidagi yutuqlarni matematik statistikaga qoʻlladi. 60y. larda Sirojiddinov va uning shogirdlari oʻzaro bogʻliq boʻlmagan va Markov zanjirini tashkil qiluvchi tasodifiy miqdorlar hamda tasodifiy vektorlar yigʻindisi uchun limit teoremalariga doir muhim masalalarni hal qiddilar; shu masalalar bilan bogʻliqtekis baxrlashlarga oid tadqiqotlari katta tatbiqiy ahamiyatga ega. Sirojiddinov ommaviy xizmat koʻrsatish nazariyasi, statistikaning turli sohalari, statsionar jarayonlar nazariyasi va b. sohalarda ham keng koʻlamda tadqiqot olib borgan. Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosini oʻrganishda, Oʻrta Osiyo, ayniqsa, Oʻzbekiston uchun yuqori malakali matematik mutaxassislar tayyorlashda Sirojiddinovning xizmatlari katta. S, shuningdek, yosh matematiklar maktabini tashkil etish, Respublika yosh matematiklar olimpiadasini oʻtkazishda muayyan hissa qoʻshgan.
Sirojiddinov Bernulli nomidagi xalqaro matematik statistika va ehtimollar nazariyasi jamiyati (Gollandiya)ning haqiqiy aʼzosi (1966). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973), «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mukofotlangan (2002).
As: Predelnыye teoremы dlya markovskix protsessov, T., 1955; Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Additivnыye zadachi s rastuщim chislom slagayemыx, T., 1975 (hamkorlikda).