SIROJIDDIN SAYYID (taxallu si; asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin) (1958.30.10, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) — shoir. Toshkent un-tining jurnalistika ftini tugatgan (1979). «Toshkent oqshomi» (1980— 89), «Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati» (1989—90; 1991—96) gaz. lari va «Mushtum» jur. da (1990—91) adabiy xodim, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvida rais oʻrinbosari (2001—03), birinchi oʻrinbosari (2003-y. dan). Ilk sheʼrlar toʻplami — «Ruhim xaritasi» (1985). Shundan keyin uning «Salqin xarsanglar kaftida» (1987), «Sevgi mamlakati» (1989), «Asragil» , «Mexr qolur, muhabbat qolur» (1990), «Kuydim» (1994), «Vatanni oʻrganish» (1996), «Vatan abadiy» (2001) va b. toʻplamlari nashr etilgan. Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida oʻzbek mumtoz sheʼriyati anʼanalari bilan birga xalq ogʻzaki ijodiga xos xususiyatlar — xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar yetakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat sheʼrlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid oʻz ijodida oʻzbek sheʼriyatining soʻnggi badiiy yutuklarini oʻzlashtirgan holda hoz. voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni aks ettirmoqda. «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan (1999).
Ac: Ustimizdan oʻtgan oylar, T., 2003.