SIPXANDON

SIPXANDON Kxamtay (1924.8.2, Champasak viloyatining Xuakxongnia qishlogʻi) — Laos davlat arbobi. 1947-y. dan inqilobiy harakatda. Laos Xalq inqilobiy partiyasining aʼzosi (1956). Jan. rayonlar shtabi zobiti (1947— 48), Jan. rayonlarda Laos ozodligi hukumati aʼzosi, Laos jan. da inqilobiy ozod r-nlar tuzish uchun masʼul (1948— 50), Laos ozodligi fronti MK aʼzosi (1950—52), Markaziy r-n qoʻmitasi raisi (1952—54). Patet Lao (Milliy front) armiyasi shtabi aʼzosi (1955 — 56), partiya MK boʻlimi mudiri (1957 — 59), 1959-y. dan Patet Lao fronti radioeshittirish, parʻviya MK harbiy sektori uchun masʼul, 1975-y. dan Laos bosh vaziri oʻrinbosari va Laos xalq armiyasi bosh qoʻmondoni, 1991-y. dan Laos bosh vaziri, 1992-y. dan Laos Xalq inqilobiy partiyasi MKraisi. 1972-y. dan Laos Xalq inqilobiy partiyasi Siyosiy byurosi aʼzosi, 1982—90 y. larda MK kotibi, 1998-y. fev. dan Laos Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti.