SINXROFAZOTRON (yun.
synchronos — bir vaqtdagi va fazotron) , protonlar sinxrotron i — oʻzgarmas radiusli orbita boʻyicha harakatlanuvchi protonlarning siklik rezonans tezlatkichi. Sinxrofazotronning vakuum kamerasi halqasimon, uning magnit tizimi halqa boʻylab koʻyilgan 4 yoki undan ortiq magnit seksiyalardan iborat. Tezlatilayotgan protonlar Sinxrofazotronga kiritilishidan oldin maxsus tezlatkichlarda 50—100 mln. eV gacha tezlatib olinadi, chunki shu energiyada protonlarning tezligi nisbatan tez usadi. Bunday energiyagacha tezlatib beruvchi tezlatkichlar injektorlar deb ataladi. Koʻpincha, injektorlar sifatida chizikli rezonans tezlatkichlardan foydalaniladi. Sinxrofazotronlar kucheiz va kuchli fokuslash asosida ishlaydi. Hozirgi Sinxrofazotronlar faqat kuchli fokuslash asosida ishlaydi. Sinxrofazotronda tezlatiladigan protonlarning maksimal energiyasi 500 GeV gacha (q. Tezlatkichlar).