SILITSIDLAR

SILITSIDLAR (lot. Silicium — kremniy) — kremniyning metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari. Silitsidlar kimyoviy bogʻlanishga koʻra 3 asosiy guruhga (ionkovalent, kovalent va metallsimon) boʻlinadi. Ionkovalent Silitsidlar ishqoriy (natriy va kaliydan tashqari) va ishqoriyer metallar hamda mis va rux guruhi metalari bilan hosil boʻladi; kovalent Silitsidlar bor, uglerod, azot, kislorod, fosfor, oltingugurtda hosil buladi; metallsimon S, oraliq metallardan yuzaga keladi. Ishqoriyer metallardan silitsidlar va litiy silitsid Li6Si2 maʼlum (Li dan boshqa ishqoriy metallar S. hosil qilmaydi). Silitsidlar yaltiroq, juda qattiq va ogʻir kristall moddalar, yuqori trada suyuqlanadi, mas, TaSi2 ning suyuklanish t-rasi 2200°. Metallsimon Silitsidlar barqaror birikmalar, ular hatto yuqori tralarda ham oksidlanmaydi. MoSi, dan tayyorlangan elektr pechlari qizdirgichlarini 1700°gacha boʻlgan oksidlovchi muhitda ishlatish mumkin. Baʼzi faol metallarning Si suv va suyultirilgan kislotalar taʼsirida parchalanadi, boshqa Silitsidlarga suv ham, suyultirilgan kislotalar ham taʼsir etmaydi. Aksari Silitsidlar — yarim oʻtkazgichlar.