SINKLINORIY

SINKLINORIY (yun. synklino egilaman) — Yer poʻstidagi qatlamlarning yirik murakkab burmali strukturam. S, asosan, tektonik jarayonlar natijasida mayda (tobe) sinklinal yoki orogen egilmalar hisobiga yaxlit keng qamrovli geosinklinal sistemalar vujudga kelishidan paydo boʻladi. Sinklinoriy keskin va kuchli burmalangan, chiziqli braxiform burmalar hosil qilishi bilan ajralib turadi. Sinklinoriy ichki koʻtarilmalarning (geoantiklinal) egilishi natijasida shakllanib, shakllanish davri mobaynida astasekin chuqurlashib boradi. Odatda, Sinklinoriyning markaziy qismida yosh jinslar yotadi, uning uzunligi bir necha yuz km, eni oʻnlab km ga yetadi. Sinklinoriy shaklan oʻziga qaramaqarshi boʻlgan struktura — antiklinoriy bilan yonmayon keladi.