SINAGOGA (yun. synagoge — yigʻilish) — iudaizm ibodatxonasi va yahudiylar jamoasi. Sinagogalar Falastinda mil. av. 4-a. da vujudga kelgan. Sinagogada Tavrotni oʻqib sharxdashadi. Sinagoga larda, odatda, diniy maktablar ochiladi.
Oʻzbekistonda hoz. 7 ta — Toshkentda 3 ta, Samarqand va Buxoroda 2 tadan S. faoliyat koʻrsatadi.