SIVALIK

SIVALIK, Old Himolay togʻlari — Himolay togʻlari sistemasidagi nisbatan pastroq tizmalar, Hindiston va Nepal hududida, PirPanjal va Mahabharat tizmalari oraligʻida, keng maʼnoda — Himolay togʻlarining Kashmirdan Tista daryosigacha boʻlgan qismining jan. chekka qismi. Shim. gʻarbdan jan. sharqqa 1700 km masofaga choʻzilgan parallel tizmalardan iborat, eng baland joyi 2591 m. Katta Himolay togʻlaridan vodiylar b-n ajralgan. Qumtosh, konglomeratlardan tuzilgan. Yon bagʻirlari daryolar bilan oʻyilgan. Tropik oʻrmonlar oʻsadi. Choy plantatsiyalari bor.