SEROTONIN

SEROTONIN, 50 ks i 3ra m inoetilindol, 5o ks itr i ptamin, C1() H12N2O — biologik faol modda. Mol. m. 176,21. Odam va hayvonlar qoni hamda toʻqimalarida bor. S. periferik nerv markazlari mediatori hamdir. Ilk bor 1947-y. da buka zardobidan ajratib olingan. Serotonin boʻshliqichlilar, mollyuskalar, boʻgimoyoklilar, suvda va qurukda yashovchilarning zaharida, shuningdek, oʻsimliklarda uchraydi. S organizmda triptofan aminokislotalaridan sintezlanadi. Toʻqimalarda Serotonin 5oksiindolilsirka kislotaga aylanib, organizmdan buyrak orqali ajraladi. Serotonin tomirlarni toraytiradi, markaziy nerv sistemasi hamda hazm qilish, ajratish, endokrin sistemalar faoliyatining gumoral regulyatsiyasida muhim rol oʻynaydi. Qonda (asosan, trombitsitlarda) 0,02—0,6 mg/l S. bor. Serotonin almashinuvining buzilishi miokard infarkti, yara kasalliklari va baʼzi ruhiy kasalliklarga sabab boʻladi.