SERITSIT

SERITSIT (lot. serikus — ipaksimon) — mineral, oq slyudalar sinfiga mansub muskovitning mayda tangachasimon turi. Kimyoviy formulasi KAl2[AlSi3Ol0] (ON)2. Tarkibida K2O ning kamligi hamda SiO2, MgO, N2O koʻpchligi bilan tavsiflanadi. Metamorfik slaneslarda va kupchilik alyumosilikatlarning nurash mahsulotlarida plagioklazlar, ishqorli dala shpatlari, leysitlar, nefelinlarning kristallarida aralashma koʻrishishida uchraydi. Gidrotermal oʻzgargan otqindi va metamorfik togʻ jinslarida ikkilamchi mineral sifatida keng tarqalgan. Yana q. Seritsitlanish.