SERGIYEV POSAD

SERGIYEV POSAD (192530-y. larda Sergiyev, 1930—91 y. larda Zagorsk) — RF Moskva viloyatidagi shahar (1925-y. dan). Moskvadan 70 km shim. sharkdagi t. y. stansiyasi. Aholisi 112,4 ming kishi (1998). Troitsa Sergiyev monastiri yonidagi qishloq va slobodalar (1340-y. dan maʼlum; 1744-y. dan Troitsa Sergiyev lavrasi) 1782-y. dan birlashdi. Mashinasozlik, «Avtospetsoborudovaniye», elektromexanika, lokboʻyoq, optikamexanika, qurilish materiallari, kimyo z-dlari, trikotaj va mebel f-kalari bor. Oʻyinchoqlar ishlab chiqariladi. Zotli tovuqlar boqiladi. Zootexnika, kino, oʻyinchoklar badiiysanoat oʻrta maxsus bilim yurtlari, oʻyinchoq muzeyi mavjud. Lavra hududida Moskva Diniy akademiyasi va seminariyasi, Vvedenskaya va Pyatniskaya posad cherkovlari (16-a.), Pyatniskiy qudugʻi (17—18-a. lar) bor.