SENSITOMETRIYA

SENSITOMETRIYA — fotografik metrologiyaning yoruglik sezgir materiallarning fotografik xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan sohasi. Keyinchalik Sensitometriyaning oʻrganish sohalari kupaya bordi (fotometriya usullari astronomiya, spektroskopiya va b. sohalarga tatbiqqilinadi). Sensitometriya 3 asosiy bulim: densitometriya, integral S. va spektral Sdan iborat. Integral Sensitometriya fotofafik materialga tabiiy yorugʻlik yoki boshqa xil yorugʻliklar taʼsirini tekshirish b-n, spektral Sensitometriya turli toʻlqin uzunlikdagi yorugʻlikning fotomaterialga bir tekis taʼsir qilishini aniklash bilan shugʻullanadi. Tekshirilayotgan fotomateriallarning xiliga qarab, Sensitometriya oqqora materiallar, rangli fotomateriallar, fotoqogʻozlar hamda ionlashtiruvchi nurlanishlarni qayd qiladigan S. ga boʻlinadi. Sensitometriyada densitometr, mikrofotometr, sensitometr, spektrosensitometr va b. asboblar ishlatiladi.