SENSITOMETR (lot. sensitivus — sezgir va metr) — fotomateriallarning yorugʻlik sezgirligi va b. koʻrsatkichlari (mas, yoritilish miqdori) ni aniqlaydigan asbob. S. da tekshiriladigan material (fotoplyonka, kinoplyonka, aeroplyonka) 0,02 dan 0,10 sek gacha boʻladi. Tekshirish natijasida materialda hosil qilingan tasvir sensitogramma deyiladi. Sensitogrammaga qarab fotomaterialning qanday yorugʻlik b-n yoritilishi aniqlanadi.
Fotomateriallar ekspozitsiyasini aniqlash uchun spektrosensitometr ishlatiladi. Fotomateriallarni har tomonlama oʻrganishda maxsus Sensitometr — izoopakometrlardan foydalaniladi. Tekshiriladigan fotomateriallarning turiga qarab, Sensitometr oqqora va rangli materiallar, ionlovchi nurlanishlarni qayd qilish uchun moʻljallangan fotofafiya qogʻozlari va materiallarini tekshirishda qoʻllanadigan turlarga bulinadi.