SENSILLALAR

SENSILLALAR (sensilla) — umurtqasiz hayvonlarning sezgir tukchalari; tashqi va ichki retseptorlar vazifasini bajaradi. Boʻgʻimoyoklilar, ayniqsa, hasharotlarda xilmaxil boʻladi. Kutikula qismining tuzilishiga koʻra, trixoid, bazikonoid, qoʻngʻiroqsimon, xordotonal va b. xillarga ajratiladi. Sensillalarning kutikula qismi ichi boʻsh qilga oʻxshash yoki tana qoplogʻichi ostiga botib kirgan boʻladi. Kdpsimon Sensillalar — mexano va xemoretseptorlar hisoblanadi; bazikonoid Sensillalar harorat, namlik va b. taʼsirlarga sezgir. Sensillalar hayvon tanasining hamma qismida uchraydi, ayniqsa, moʻylovlar (asalarilar erkagida faqat hid bilish S. ning oʻzi 30 000 ga yaqin), ogʻiz organlarining (xemo, termo, gigra va mexanoretseptorlar), dum oʻsimtalari va oyoklarda (mexano va xemoretseptorlar) koʻp boʻladi. Sensillalar tarqoq yoki toʻp boʻlib joylashishi; oʻzaro birlashib, murakkab (timpanal, jonstonov va b.) organlarni hosil qilishi mumkin. Sensillalar trixogen (qil hosil qiluvchi) gormogen (membranali) va aksonli sezgir neyron hujayralardan iborat. Neyron aksoni markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlangan. Mexanoretseptorlarda elektr impuls dendrit uchki qismining siqilishi, xemoretseptorlarda modda molekulasining filamentlar bilan kontakti tufayli paydo boʻladi. Sensillalar neyroni taʼsirni qabul qilib, nerv impulslariga aylantiradi.