SEMANTIKA

SEMANTIKA (yun. semantikos — bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning bironbir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi, ran) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot;

2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya. Ayrim lugaviy unsurlar tushunchalarni bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, Semantikaning oʻrganish obyekti ham, asosan, toʻliq, mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. Semantika fan sifatida 19-a. ning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha birbiridan sifat jihatidan farklanuvchi bir necha bosqichni oʻtgan.