SEYM

SEYM — RF Kursk viloyati va Ukrainaning Sumi va Chernigov viloyatlaridagi dare. Desna daryosining chap irmogʻi. (Dnepr havzasi). Uz. 748 km, havzasining mayd. 27,5 ming km2. Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Keng vodiy boʻylab yoyilib oqadi. Asosan, qordan toʻyinadi. Noyab. —dekabr oxirlarida muzlab, mart — apr. da muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi (quyilish yeridan 105 km yuqorida). Quyi oqimida kemalar qatnaydi. Seym sohilida Kursk, Lgov, Rilsk, Putivl sh. lari joylashgan.