SEBARGA

SEBARGA (Trifolium) — dukkakdoshlarga mansub bir, ikki va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. 200 ga yakin turi Shim. yarim sharning moʻtadil, shuningdek, subtropik mintaqalarida, qisman Jan. Amerika va Afrikada uchraydi. Kizil (T.pratense L.), pushti Sebarga (T. hubridum), oq Sebarga (T. repens), misr S. si (T. alexandrinun L.), eron S. si (T. resupinatum L.) turlari dehqonchilikda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda, asosan, qizil S, misr Sebargasi (bersim) va ekiladi. Kizil yoki oʻtloq S. si ikki yillik oʻtsimon oʻsimlik. Ildizi oʻq ildiz, 30 — 40 sm chuqurlikda joylashadi, ayrimlari 1 m gacha boradi; ildizida 1—3 mm li tuganaklar hosil boʻladi. Poyasi tik usadi, shoxlanadi. Bargi 3 boʻlakli, chetlari tekis, bandining uz. 12—20 sm. Guli mayda, kizil, oq, binafsha. Gultoʻplami dumaloq, baʼzida shingilsimon. Bir toʻplamda 100— 135 gul mavjud. Mevasi 3—6 urugʻli dukkak, rangi sariq, qoʻngʻir. Urugʻi sariq, binafsha; mayda, 1000 ta urugʻi vazni 1,2—2 g. Urugʻi 1 — 2° haroratda unib chiqadi. 15—29° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Moʻtadil nam iqlimga moslashgan. Ekilganidan keyin 6—7 kunda unib chikddi. Maysasi 65—80 kunda gullaydi, 110—120 kundan keyin urugʻi pishadi. Kizil Sdan yuqori toʻyimli koʻkat, pichan, silos, vitaminli oʻt uni tayyorlanadi. 100 kg koʻkatida 20 ozuqa birligi, 2,7 kg oqsil, 380 g kalsiy, 70 g fosfor, 400 mg karotin; 100 kg pichanida esa 52,2 ozuqa birligi, 7,9 kg oqsil, 1200 g kalsiy, 340 g fosfor, 2500 mg karotin mavjud. Sebarga tuproqni azot bilan boyitadi. 1 ga da 100—200 kg hisobida sof azot toʻplaydi. Bir dalada Sebarga 2—3 yil davomida oʻstiriladi. Har oʻrimda 1—3-marta sugʻoriladi. Toʻyimli pichan, koʻkat olish uchun gullagan davri boshlanishi b-n oʻrib olinadi. Oʻzbekistonda qizil Sebarganing Oʻzbekiston sholichilik i. t. intida UzRos (1954) va Oʻzbekiston 3 (1981) navlari chiqarilgan va barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.

Kasalliklari: antraknoz, rak, fuzarioz, askoxitoz, zang.

Zararkunandalari: uzuntumshuq, shilimshiq.

Ad. h Otaboyeva H. va b., Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.

Halima Otaboyeva.