SVAZILAR

SVAZILAR (oʻzlarini — amasvazi, amangvane deb atashadi) — bantu xalqlari guruhiga mansub xalq, Svazilend (660 ming kishi) va JARning koʻshni r-nlarining asosiy aholisi (1,2 mln. kishi). Shuningdek, Mozambikda ham yashaydilar. Umumiy soni 1,87 mln. kishi (1990y. lar, oʻrtalari). Svazi tilida soʻzlashadi. Anʼanaviy eʼtiqodlar saqlangan, bir qismi baptistlar.