SAHIH

SAHIH (arab. — toʻgʻri, chin, sogʻlom) — eng ishonchli deb hisoblangan hadis toʻplamlarining nomi. Muhaddislar hadislarni haqiqiy va nohaqiqiyga ajratish (yaʼni, kodifikatsiya qilish) b-n shugʻullanib, isnodni tekshirish yoʻli bilan Sahih (ishonchli), hasan (yaxshi) va daif (zaif, kuchsiz)dan iborat 3 toifaga boʻlganlar, ulardan asosan Sahih larini toʻplashga intilganlar. Shu munosabat b-n baʼzi toʻplamlarning nomi ham Sahih deb atalgan (mas, «Sahihi Buxoriy», «Sahihi Termiziy»).