SAXARIMETRIYA

SAXARIMETRIYA (rus. saxar — qand, shakar va metr) — eritmadagi qand miqdorini aniqlash usuli. Eritmadan oʻtkazilgan yorugʻlik qutblanish tekisligining burilish burchagini oʻlchashga asoslangan. Maxsus asbob saxarimetrdan foydalaniladi. Saxarimetr, asosan, analizator va polyarizator kabi asboblardan iborat. Eritma solingan naycha shular orasiga qoʻyiladi. Burilish burchagini oʻlchash uchun analizatorning ikki (eritmali va eritmasiz) vaziyatlari farqini aniklash kerak. Eritmali naycha b-n analizator orasiga maxsus kompensator qoʻyiladi. Saxarimetriyada oʻlchash shartlari standartlashtiriladi, saxarimetr shkalasi esa % larda darajalarga boʻlinadi. Saxarimetriya qand sanoati, biol. va tibbiyotda qoʻllanadi.