SAXALIN VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1932-y. 20 okt. da tashkil qilingan. Rossiyaning eng chekka sharqiy qismida joylashgan. Tarkibiga Saxalin o., Kuril, Moneron va Tyuleniy o. lari kiradi. Oxota va Yapon dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. 87,1 ming km2. Aholisi 546,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (81,6%), shuningdek, ukrain, koreys, belorus, tatar, mordva; shimol xalqlari — nivx, oroch, evenk va b. yashaydi. Shahar aholisi 85,7%. Markazi — YujnoSaxalinsk sh. Boshqa yirik shaharlari: Xolmsk, Korsakov. Viloyat tarkibida 17 maʼmuriy tuman, 18 shahar, 31 shaharcha bor.
Hududining katta qismini Saxalin o. egallaydi. Aniva, Terpeniye qoʻltiklari, Shmidt, Terpeniye, ToninoAniva, Krilin o. lari bor. Soxil boʻylab Gʻarbiy Saxalin togʻlari (bal. 1330 m gacha, Onar togʻi) va Sharqiy Saxalin togʻlari (eng baland joyi Lopatin togʻi, 1609 m), shim. da Shim. Saxalin togʻlari joylashgan. Foydali kazilmalardan neft, gaz, toshkoʻmir, oltin va b. bor. Iklimi moʻtadil, mussonli iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —6° dan (jan. da) —24° gacha (shim. da), avg. niki 19° dan (janda) 10° gacha (shimda). Togʻlarda yiliga 1200 mm gacha yopsh tushadi (tekisliklarda 600 mm gacha). Asosiy daryolari — Tim va Poronay. Koʻl va botqrkdik koʻp. Tuproklari podzol, botqoq va allyuvial tuproqyaar. Togʻlarda qoraqaragʻay, oqqaragʻay, tosh qayin, kedr, tilogoch oʻsadi, shuningdek (jan. gʻarbida), lianali keng bargli oʻrmonlar (aktinidiya, limonnik, uzum) uchraydi. Hayvonlardan ayiq, tulki, rosomaxa, Sibir suvsari, olmaxon, burunduq, shim. bugʻusi; qushlardan kayra, toporka, qoravoylar va b. mavjud. Dengiz hayvonlaridan sivuch, dengaz mushugi; daryolarda losos baligʻi bor. Poronay qoʻriqxonasi tashkil qilingan (S. v. tarixi haqida Saxalin, Kuril orollari maqolalariga q.).
Sanoatining yetakchi tarmogʻi — baliq va dengiz hayvonlarini ovlash va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash. Oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari bor. Kumir («Saxalinugol»), neft va gaz qazib olinadi. Saxalin issiqlik elektr st-yasi ishlab turibdi. Asosiy sanoat markazlari: YujnoSaxalinsk, Korsakov, Nevelsk, Xolmsk, Oxa, Uglegorsk, Shaxtyorsk sh. lari, Nogliki shaharchasi.
Saxalin viloyatida kartoshka, sabzavot, yem-xashak ekinlari ekiladi. Goʻshtsut chorvachiligi, parrandachilik, darrandachilik; shim. da bugʻuchilik rivojlangan. Dengiz portlari: Korsakov, Xolmsk, Nevelsk, Uglegorsk, Poronaysk, Aleksandrsk, Saxalinsk va b. T. y. uzunligi 957 km, qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1813 km (2002). Pedagogika inti, drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. Sinegorsk mineral suvi (YujnoSaxalinsk sh. da), Goryachiy Plyaj (Kunashir o. da) kurortlari bor.