SAXA TILI

SAXA TILI — turkiy tillarning sharqiy tarmogʻiga mansub til; RFning Saxa Respublikasida, qisman Amur, Magadan, Saxalin viloyatlarida, Taymir va Evenk muxtor viloyatlarida tarqalgan. Saxa tilida 430 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi (1993). Markaziy, vilyuy, shim. gʻarbiy va taymir sheva guruxlari farqlanadi. Morfologiyasi agglyutinativ xarakterda boʻlib, sonlar, olmoshlar xamda kelishiklar boʻyicha boshqa turkiy tillardan bir kadar farklanadi. Leksikasida oʻz fonetik qiyofasini saqlab qolgan moʻgʻulcha oʻzlashmalar, shuningdek, evenk va rus tilidan kirgan soʻzlar koʻplab uchraydi.

Saxa tilining umumxalq yozuvi 1922-y. da S. A. Novgorodov tomonidan yaratilib, 1924-y. da takomillashtirilgan; 1929-y. dan lotin grafikasi asosidagi, 1939-y. dan esa rus grafikasi asosidagi yozuvga almashtirilgan. Adabiy til Saxa Respublikasining markaziy hududidagi soʻzlashuv tili asosida rivojlangan.