SATURN

«SATURN» — Amerikaning 1964— 67 y. larda yaratilgan 2 va 3 bosqichli seriyali eltuvchi raketalari (ER) nomi va ularni ishlab chiqish dasturi; «Apollon» kosmik kemasi, «Skayleb» orbital stansiyasi va baʼzi yer sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda qoʻllanilgan. «S1» va «Saturn1B» — ikki bosqichli ER. «Saturn1B» — «Apollon» kosmik kemalarini Yer atrofidagi orbitaga uchirishda qoʻllanilgan. Start oldi massasi 590 t, diametri 6,5 m, uzunligi 68,3 m. Maksimal foydali yuki 18,1 t. «Saturn5» — uch bosqichli ER, «Apollon» kosmik kemalarini Yer atrofi va Oy atrofi orbitalarida hamda kosmonavtlarni Oyga eltishda qoʻllanilgan. Start oldi massasi 2950 t, maksimal foydali yuki 140 t ga yaqin, diametri 10,1 m, uz. 85,6 m.