SARTABUTKON OLTIN KONI

SARTABUTKON OLTIN KONI — Qurama togʻlarining Olmaliq rudali hududida joylashgan kon. 1931—34 y. larda ochilgan. Kon gersin burmalanish davrida Shim. Qoramozor braxiantiklinalining shim. qanotida gidrotermal sharoitda hosil boʻlgan. Sartabutkon oltin koni oʻrta devon — quyi karbon ohaktoshlari va ularni yorib chiqqan oʻrta karbon davri siyenitdiorit intruziv jinslaridan tarkib topgan. Tomirlar shaklidagi ruda siyenit va ohaktoshlar bilan birga xamda intruzivlarda joylashgan (qalinligi 20 — 30 m). Kondagi asosiy foydali qazilma boʻlgan oltin har xil birikmalar tarkibida boʻlib, baʼzan sof holda uchraydi. Rudada maʼlum mikdorda kumush ham bor. Shuningdek, kvars (oz mikdorda pirit), xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit kabi minerallar ham mavjud.