SARANGIY — torli kamonli qoʻbizsimon hind musiqa cholgʻu asbobi. Dastasi kalta, kosasi teri bilan qoplanadi.
Kvartakvintaga sozlanadigan 3—4 asosiy torlaridan tashqari 11—15 qoʻshimcha (akssado beruvchi) torlari mavjud. Sarangiyning sadolanishi kuchsizroq boʻlsada, mayin va yoqimlidir. Yakkanavoz soz sifatida hamda turli ansambllarda qoʻllaniladi.