SARAYEVO

SARAYEVO — Bosniya va Gersegovina poytaxti. Togʻ oraligʻidagi soylikda, Milyaska daryosi boʻyida joylashgan. Aholisi 360 ming kishi (1997). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik savdo va sanoat markazi. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, elektrotexnika, radioelektronika), kimyo, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, gilam toʻqiladi. Fan va sanʼat akademiyasi, un-t (1946), ilmiy tadqiqot intlari, kutubxonalar, kartinalar galereyasi, muzey vateatrlar bor. Turizm markazi. Shahar yaqinida Ilija kurorti joylashgan. Shahar 1244-y. dan Vrxbosna nomi b-n maʼlum. 1435-y. dan Usmonli turklar qoʻl ostida boʻlgan. 1507-y. dan Sarayevo (turkcha Saray — saroy) deb atalgan. Sarayevoda Sharq meʼmorligi uslubida kurilgan Xisravbek masjidi (1531), Aliposhsho masjidi (1561) saqlangan. Zamonaviy maʼmuriy va turar joy binosi koʻp. Sarayevo kishki sport oʻyinlari markazi. 1984-y. da 14qishki Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.