SANOBAR

SANOBAR (Pinus pinea) , Italiya qaragʻayi — qaragʻaygullilar oilasiga mansub chiroyli doim yashil daraxt. Vatani — Shim. Amerika va Meksika. Ochiq urugʻlilarga kiradi. Tanasi toʻgʻri, boʻyi 15—25 m, diametri 1 m cha. Shoxshabbasi yoshligida konussimon, kariganda yassi soyabonsimon. Igna barglari toʻqyashil, uz. 10—15 sm, eni 15—20 mm, 1 juftdan toʻp boʻlib, asosan, choʻziq novdalar uchida joylashadi. Urugʻi (yongʻoqchasi) yirik, qoramtir, uz. 1—2 sm. Qora dengiz sohillarida yongʻoqmevali oʻsimlik va manzarali daraxt sifatida oʻstiriladi. Urugʻidan koʻpayadi. Yogʻochi smolali, pishiq. Urugʻi (kedr yongʻoqlariga qaraganda gʻoyat mazali, pinioli deb ataladi) yogʻ (50%) va oqsillarga boy boʻlib, toʻgʻridantoʻgʻri va qovurib isteʼmol qilinadi. Urugʻidan ovqatga ishlatiladigan mazali yogʻ olinadi.