SAN-MARTIN

SAN-MARTIN — Patagoniya And togʻlarining sharqiy yon bagʻirlari va Patagoniya platosidagi muzlik koʻli. Chili va Argentina chegarasida. Mayd. 1010 km2. Qirgʻoklari fyordsimon. Jan. garbida koʻlga OʻXiggins muzligi kelib tutashadi. Paskua daryosi orqali Tinch okeanga oqadi. Argentinaning milliy qahramoni X. SanMartin nomi bilan atalgan.